Qirg‘izistonda O‘zbekistonga narkotik o‘tkazishni tashkillashtirgan deputat qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda O‘zbekistonga narkotik o‘tkazishni tashkillashtirgan deputat qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Tojikiston – Qirg‘iziston – O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro narkonakal tashkil etgan uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda mamlakat Davlat milliy xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, tojikistonlik nasha jalloblar bilan qatorda Qadamjoy tumani mahalliy kengash deputati O.M.B. ushbu uyushgan jinoiy guruh tashkilotchisi bo‘lgan. Deputat Tojikistondan Qirg‘iziston orqali O‘zbekiston hududiga giyohvand moddalarini o‘tkazish va sotish bilan shug‘ullangan.

7 iyun kuni Qadamjoyda o‘tkazilgan maxsus amaliyot vaqtida deputat O.M.B. navbatdagi narkotik moddalarini O‘zbekistonga o‘tkazishga urinish vaqtida qo‘lga olingan. Deputat va uning akasining uy va mashinalari tintuv qilinganda 37,5 kg marixuana, 9 kg xom afyun, silliq stvolli qurol (tegishli ruxsatnomasiz), 232 ming dollar, 42,3 mln o‘zbek so‘mi va 106 ming qirg‘iz somi aniqlangan.

Deputatdan tashqari yana ikki gumonlanuvchi ushlangan – O.K.M. va O.K.A.

Hozirda narkokanalning Tojikistondan bo‘lgan tashkilotchilarini aniqlashga qaratilgan choralar ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!