Qirg‘iziston parlamenti spikeri Bishkek tumanlarining nomlarini zudlik bilan o‘zgartirishga chaqirdi

Qirg‘iziston parlamenti spikeri Bishkek tumanlarining nomlarini zudlik bilan o‘zgartirishga chaqirdi

Qirg‘iziston parlamenti spikeri Bishkek tumanlarining nomlarini zudlik bilan o‘zgartirishga chaqirdi. Gap Qirg‘iziston poytaxtining "Pervomayskiy", "Sverdlovskiy", "Oktyabrskiy" va "Leninskiy" tumanlari haqida ketmoqda, deb ma’lum qildi Sputnik Qirg‘iziston.

Avvalroq ham shahar hokimiyati shu taklifni bildirgan edi.

"Afsuski, mamlakatimizda hali ham boshqa tillardagi nomlar ko‘p. Ularga qirg‘iz tilida nom berish zarur. Poytaxtning to‘rt tumani nomini o‘zgartirish lozim", — dedi parlament spikeri Nurlanbek Shakiyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!