19 aprel kuni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi va davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish bo‘yicha Qirg‘iziston delegasiyasi rahbari Qamchibek Tashiyev O‘sh viloyatining Qora-Suv tumani aholisi bilan uchrashgan. Ular Kampirravot suv ombori yaqinidagi 50 gektar yerni O‘zbekistonga berilishiga qarshi chiqishgan. Qayd etilishicha, uchrashuvga yuzlab odamlar kelgan.
Xabarda aytilishicha, uchrashuvda Kampirravot suv ombori yaqinida joylashgan Savay qishloq okrugi aholisi hokimiyatning 50 gektar yerni O‘zbekistonga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lgan.
“O‘zbekiston allaqachon 50 gektardan 20 gektarini o‘rab olgan. Men ularga [O‘zbekistonga] 50 gektar maydonning hammasini o‘rab olmaslikni taklif qilaman. Men 50 gektarni emas, balki ular allaqachon o‘ralgan 20 gektarni [suv ombori yaqinida] almashtirishni taklif qilaman. Endi men O‘zbekistonga boraman va ushbu variantni taklif qilaman... Agar biz bu yerdan 20 gektar beradigan bo‘lsak, unda boshqa joyda - O‘zgan tumanida - 20 gektarni olamiz. Faqatgina hududlar almashinuvi bo‘ladi... Biz Toshkentdagi hamkasblarimiz bilan kelishishga harakat qilamiz», — degan Qamchibek Tashiyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston suv omborining xavfsizligini ta’minlash uchun ushbu yerni so‘ragan. 16 aprel kuni Qora-Suv tumani Intimak qishlog‘ining 100 ga yaqin aholisi Kampirravot suv ombori yonida o‘tovlar qurib, Tashiyevni ularning oldiga kelishini talab qilgan. 23 mart kuni Toshkentga kelgan Qamchibek Tashiyev Qirg‘iziston va O‘zbekiston barcha chegara masalalarini 100% hal qilganini aytgan edi.
O‘zbekiston bilan kelishuvga binoan Qirg‘iziston quyidagi yerlarni olgan:
Ko‘k-Serek uchastkasida 105 gektar;
Bayastan uchastkasida 212 gektar;
Oq-Tosh uchastkasida 100 gektar;
ilgari Qirg‘izistondan O‘zbekistonga o‘tgan Qora-Beles uchastkasidagi 25 ming gektar qaytarib berilgan;
Unqur-Too tog‘ida 35 gektar.
Buning evaziga Jalolobod viloyatidagi Orto-Tokoy suv ombori butunlay O‘zbekistonga o‘tdi. Ikki tomonlama muzokaralar natijasida Qirg‘izistonga Orto-Tokoydagi suvning 5 foizidan foydalanishga ruxsat berildi.
Hozir Qirg‘iziston hududida to‘rtta – So‘x, Shohimardon, Cho‘ngara va Toshtepa o‘zbek anklavlari mavjud. O‘zbekiston hududida esa to‘rt kvadrat kilometr maydonga ega bo‘lgan Barak qirg‘iz anklavi bor.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.
АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.