Qashqadayorda telefon o‘g‘risi unga ulangan plastik kartadagi pullarni ham o‘mardi

Qashqadayorda telefon o‘g‘risi unga ulangan plastik kartadagi pullarni ham o‘mardi

Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida yashovchi 37 yoshli CH.J. telefonini yo‘qotib qo‘yganligi, so‘ng plastik kartasidan 4 mln. 250 ming so‘m pullari o‘g‘irlanganligi haqida murojaat qilgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 30 yoshli YO.L., telefonni topib olib, telefonga himoya parol qo‘yilmaganligidan foydalanib, telefondagi mobil ilovaning parolini, ilovani o‘chirib, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish orqali chetlab o‘tib, ilovaga ulangan plastik kartadagi pullarni yechib olganligi aniqlangan.

YO.L. sodir etgan qilmishi uchun O‘zR JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

Qonunga muvofiq, YO.L. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!