Qashqadaryoda to‘y azaga aylandi va 3 kishi vafot etdi

Qashqadaryoda to‘y azaga aylandi va 3 kishi vafot etdi

Qashqadaryo viloyatida quyuq tumanda tezligini oshirgan Nexia-2 yuk mashinasiga urildi. Bu haqda «Zamon» informasion dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 21 mart kuni ichiga 7 kishi o‘tirgan Nexia-2 o‘sha kuni to‘yi bo‘ladigan qizni go‘zallik saloniga olib borish uchun yo‘lga tushadi. Yo‘ldagi quyuq tumanni hisobga olmasdan, tezlikni me’yoridan oshirgan avtomashina yuk mashinasiga borib uriladi.

Oqibatda kuyovning otasi va ikki qarindoshi voqea joyida, kelinning xolasi esa shifoxonada vafot etdi.

YTH sabab o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida YHXBB boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorovning ma’lum qilishicha, qolgan uch nafar yo‘lovchi jiddiy jarohat olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!