Qashqadaryoda soliqdan qarzdorligi bo‘lgan fuqarolarning plastik kartochkasi qarzdorlik bartaraf etilguniga qadar vaqtincha qulflab qo‘yilmoqda. Bu haqda «Turon 24»ga viloyat davlat soliq boshqarmasining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi boshlig‘i Firdavsiy Jabborov ma’lum qildi.
Joriy yilning 1 oktyabridan fuqaroning soliqdan qarzdorligini undirish uchun soliq to‘lovchi jismoniy shaxsning plastik kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi bank hisob varaqlaridan oyiga eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdoridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi mablag‘ ogohlantirishsiz yechib olinadi. Bunday amaliyot Prezidentning «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq joriy etilmoqda.
«Biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholining plastik kartochlaridan pulni yechib olishdan oldin vaqtincha bloklab qo‘yish chorasini qo‘lladik, — deydi Firdavsiy Jabborov. — Fuqaro bundan xabar topgach, soliqdan qarzdorligi sabab plastik kartochkasi qulflab qo‘yilganini bildiramiz, qarzdorlikni bartaraf etish bo‘yicha ogohlantiramiz».
Soliq idoralari tomonidan soliqdan qarzdorligi bo‘lgan jismoniy shaxslarning bank plastik kartochkalarida operasiyalarni vaqtincha to‘xtatib turish uchun tijorat banklariga ma’lumotlar taqdim etildi. Qarzdorlik bartaraf etilgach, bank plastik kartochkalari yana ochib beriladi.
Viloyatda 509 mingdan ortiq soliq to‘lovchi jismoniy shaxs bor. Soliqdan qarzdorlar soni 152 ming nafarni, qarzdorlik summasi esa 28 milliard so‘mni tashkil etadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Жорий йилнинг 24 июль куни соат 22:30 ларда Чироқчи тумани, яшовчи аёл Д.И. 102 рақамига мурожаат қилиб, у билан бирга расмий никоҳсиз яшаб келаётган эркак Н.П.нинг онаси хонадонига келиб жанжал кўтараётганлигини маълум қилган.
ДХХнинг Бухоро вилояти бўйича бошқармаси ҳамда ички ишлар ва прокуратура органлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда ходим 13 минг АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.
Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.