Qashqadaryoda Nexia-3 piyodani urib qochib ketdi

Qashqadaryoda Nexia-3 piyodani urib qochib ketdi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida piyodani urib yuborgan Nexia-3 qochib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

16 yanvar kuni taxminan soat 22:00 atrofida «Nasaf» MFY hududida joylashgan savdo majmuasi ro‘parasida Qarshi shahrida yashovchi fuqaro F.U. piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan vaqtida noma’lum avtomashina uni urib yuborgan.

So‘ngra mashina hodisa sodir bo‘lgan joydan ketib qolgan. Oqibatda fuqaro F.U. tan jarohati olib shifoxonaga tushgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu yo‘l-transport hodisasini Kasbi tumanida yashovchi fuqaro N.M. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 avtotransport vositasida sodir qilgani aniqlangan.

Hozirda ushbu YTH yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan, tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!