Qashqadaryoda koronavirusga qarshi kurashda vafot etgan 27 nafar tibbiyot xodimining ismlari e’lon qilindi

Qashqadaryoda koronavirusga qarshi kurashda vafot etgan 27 nafar tibbiyot xodimining ismlari e’lon qilindi

Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Qashqadaryoda 27 nafar shifokor va hamshira koronavirusga qarshi kurashish paytida, ya’ni xizmat vazifasini bajarish davrida vafot etgan. 8 oktyabr, tibbiyot xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan shifokorlarning oilalariga 10 million so‘mdan, hamshiralarning oilalariga 5 million so‘mdan bir martalik yordam pullari yetkazilgan.

Ular quyidagilar:

  1. Nurmatov Sherali Nazarovich — Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qarshi shahri.
  2. Muzaffarov Raul Kamolovich — Viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati epidemiologiya bo‘limi mudiri bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qarshi shahri.
  3. Ko‘charov Xo‘ja Umarovich — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali toksikologiya bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qarshi shahri.
  4. Yakubov Kengboy Ibragimovich — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali rentgenolog shifokori bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Koson tumani.
  5. Boymurodov Xanjar Boxorovich — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali neyroxirurgiya bo‘limi shifokori bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qarshi shahri.
  6. Imomov Buron Buriyevich — Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi yiringli xirurgiya bo‘limi shifokori bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qarshi tumani.
  7. Vazirov Bekmurod Ma’diyevich — Viloyat 1-son asab-ruhiy kasalliklar dispanseri 6-psixiatriya bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qarshi shahri.
  8. Abiraxmatov Parda Xaitovich — G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi, Qovchin QVP umumiy amaliyot shifokori bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. G‘uzor tumani.
  9. Raximov Sayfulla Karimovich — G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi SHTYo xirurgiya bo‘limi shifokori bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. G‘uzor tumani.
  10. Ko‘chimova Setora Eraliyevna — G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi SHTYo terapiya bo‘limi hamshirasi bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. G‘uzor tumani.
  11. Elmurodova Elnora Nuriddin qizi — G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi SHTYo xirurgiya bo‘limi hamshirasi bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. G‘uzor tumani.
  12. Toshpo‘latova Saodat Tojiyevna — G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limi hamshirasi bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. G‘uzor tumani.
  13. Chaqqonova Barno Muxiddinovna — G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi SHTYo terapiya bo‘limi ozodalik xodimasi bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. G‘uzor tumani.
  14. Ismatova Mahbuba O‘rinovna — Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limi mudiri bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qarshi tumani.
  15. Omonova Navbahor Raxmatullayevna — Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi 57-qishloq oilaviy poliklinikasi akusher-ginekolog shifokori bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qarshi shahri.
  16. Xudoyberdiyeva Dilbar Raxmanovna — Qarshi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi immunolog vrachi bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qarshi tumani.
  17. Jo‘rayev Bahodir Kenjayevich — Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi 52-qishloq oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qarshi tumani.
  18. Qo‘shoqov Husan Pardayevich — Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Dehqonobod tumani.
  19. Saodatov Bobomurod Qaxxarovich — Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasi 3-son qishloq oilaviy poliklinikasi patronaj hamshirasi bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan.
  20. Utanov Qulmuhammad — Dehqonobod ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi teri-tanosil kasalliklari shifokori bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan.
  21. Ibragimov Ashur Rahmatullayevich — Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi 51-son qishloq oilaviy poliklinikasi patronaj hamshirasi bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qamashi tumani.
  22. Suyunov Baxtiyor Turdiyevich — Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi TTYo bo‘limi vrachi bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qamashi tumani.
  23. Xidirova Hadicha Nazarovna — Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi ginekologiya bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qamashi tumani.
  24. Nazarov Mamayoqub Usmonovich — Kitob tuman tibbiyot birlashmasi reanimatolog shifokori bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Kitob tumani.
  25. Ashurov To‘lqin Abdullayevich — Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qarshi shahri.
  26. Ismoilova Shoira Negmatovna — Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi akusher-ginekolog shifokori bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Shahrisabz shahri.
  27. Fayziyev Shukrullo — Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasi pediatr shifokori bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Shahrisabz tumani.

«Shifokorlik kasbini yoshligidan sevib, tibbiyot oliygohlarida o‘qib, umrini shu kasbga bag‘ishlagan va pandemiya paytida vafot etgan yuqoridagi vohadoshlarimiz orasida 1995-1985 yillarda tug‘ilgan hamda yarim umrini shu sohaning sir-asrorlarini o‘rganishga bag‘ishlab, endigina turmush qurgan yoki faoliyatini endi boshlaganlari ham bor edi. Afsus...

Ularning jasorati va fidoyiligi qalblarimizda mangu yashaydi», — degan Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!