Qashqadaryoda "isitish tizimi ishlamayotganligini tanqid qilgani" aytilgvn bloger 15 sutkaga qamaldi. U

Qashqadaryoda "isitish tizimi ishlamayotganligini tanqid qilgani" aytilgvn bloger 15 sutkaga qamaldi. U

Oliy sud matbuot xizmati "ACHCHIQ XAQIQAT \ ACHIQ HAQIQAT" telegram-kanalida e’lon qilingan “ISITISh TIZIMI ISHLAMAYOTGANLIGINI MA’LUM QILGAN BLOGER QAMALDI” sarlavhali bildirish yuzasidan ma’lumot berdi.

Sudda aniqlanishicha, “Inson huquqlari” nodavlat tashkiloti “Ezgulik” jamiyati Yakkabog‘ tuman bo‘limi faoli E. Odilov 2023 yil 30 yanvar kuni soat 8.30 larda Yakkabog‘ tumani, Alaqarg‘a qishlog‘ida joylashgan 71-sonli ko‘p tarmoqli oilaviy shifoxona binosiga kelib, shifoxona binosi ichida videotasvirga ola boshlagan. O‘sha kezda shifoxona bosh hamshirasi J. Mustafayeva undan nima sababdan video tasvirga olayotganini so‘ragan. Bunga javoban E. Odilov jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, J. Mustafayevani og‘izga olib bo‘lmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilgan va shu yerdagi fuqarolarning osoyishtaligini buzgan.

E. Odilov o‘zining huquqbuzarlik harakatlarini davom ettirib, 2023 yil 30 yanvar kuni soat 10.30 larda tuman hududida joylashgan “Yakkabog‘ istiqboli” dehqon bozori oldida takroran jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, J. Mustafayevani ko‘pchilik huzurida og‘izga olib bo‘lmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilib, uni va shu yerdagi fuqarolarning osoyishtaligini buzgan.

Garchand sud jarayonida E. Odilov o‘zi sodir etganhuquqbuzarlikka iqrorlik bildirmasa-da, sudda uning aybi jabrlanuvchi J. Mustafayeva, guvohlar G. Qulmatova hamda Z. Xurramovaning ko‘rsatmalari, shuningdek tergovga qadar tekshiruvda to‘plangan hujjatlar, jumladan ariza, tushuntirish xatlari va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma hamda jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish va ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atish haqidagi qaror bilan o‘z tasdig‘ini topgan.

Shu tariqa jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tuman sudining 2023 yil 31 yanvardagi qaroriga asosan E. Odilov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan, deb topilgan va unga nisbatan mazkur modda bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

Sud jarayoni yakunida taraflarga sud qarori mazmuni hamda uning ustidan shikoyat qilish tartibi tushuntirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!