Qarshi shahrida 50 o‘rinli hospis quriladi

Qarshi shahrida 50 o‘rinli hospis quriladi

Prezidentning 9 fevraldagi qaroriga ko‘ra, 2026 yilgacha Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 50 o‘rinli hospis quriladi. Hududlararo hospisda og‘ir gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklar bilan kasallangan bemorlarga palliativ yordam beriladi.

Hospisni qurish va saqlash viloyat mahalliy byudjeti hisobidan amalga oshiriladi. Kerakli tibbiy asbob-uskunalar esa Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi.

Shuningdek, hospis faoliyatini tashkil etish va uni saqlash ishlari Samarqand, Xorazm va Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahridagi hududlararo hospislar uchun amal qiladigan tartibda yo‘lga qo‘yiladi.

Ma’lumot uchun, hududlararo hospislar onkologik va yuqumli bo‘lmagan boshqa kasalliklarning o‘tkazib yuborilgan bosqichini boshidan kechirayotgan bemorlarni stasionar hamda ambulatoriya sharoitida, shuningdek, uyda tibbiy davolash imkoniyati bo‘lmaganda, ularga tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatadigan mustaqil tibbiyot muassasalari sifatida tashkil etilishi belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!