Qanday holatlar mualliflik va turdosh huquqlar buzilishiga olib keladi?

Qanday holatlar mualliflik va turdosh huquqlar buzilishiga olib keladi?

🔰Qonunchilikka ko‘ra, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzilishga quyidagilar kiradi:

▫️mualliflarning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish;

▫️ijrochining ismi-sharifga bo‘lgan va ijroni har qanday tarzda buzib ko‘rsatilishidan yoki har qanday boshqacha tarzda tajovuz qilinishidan himoya qilish huquqlarini buzish;

▫️huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar ob’ektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish;

▫️haq to‘lash to‘g‘risidagi talablarni buzish;

▫️asarlardan yoki turdosh huquqlar ob’ektlaridan huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha olingan huquqlarni oshirib yuborgan holda foydalanish;

▫️huquq egalarining mulkiy huquqlarini boshqacha tarzda buzish.

⚠️ Asarlarning va turdosh huquqlar ob’ektlarining takrorlanishi yoki tarqatilishi mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzgan holda amalga oshiriladigan nusxalari kontrafakt nusxalar hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!