Qancha O‘zbekiston fuqarosiga Rossiyaga kirishga taqiq qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi

Qancha O‘zbekiston fuqarosiga Rossiyaga kirishga taqiq qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston fuqarolaridan 480 000 kishiga Rossiyaga kirishga ta’qiq qo‘yilgan, dedi Sputnik muxbiriga Toshkent viloyati IIBBning Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Ulug‘bek Mirzoqambarov.

“480 000 nafar O‘zbekiston fuqarolariga Rossiya Federasiyasiga kirishga taqiq qo‘yilgan, lekin ular buni bila turib chegarani buzib borishmokda. Fuqarolarimizga huquqiy savodxonlik yetishmayapti”, - dedi IIBB xodimi.  

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, ikki va undan ortiq marta ma’muriy huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan xorijiy fuqaroga nisbatan Rossiya hududiga kirishga 3 yil muddatga ta’qiq qo‘yilishi mumkin.

Agar xorijiy ifuqaro, ushbu ta’qiqni buzib, Rossiya hududiga noqonuniy yo‘l bilan kirib kelishga urinsa, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, yanada qattiqqo‘l jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin.

Shuning uchun Rossiyaga kelishni rejalashtirayotgan fuqarolar, birinchi navbatda Rossiya migrasiya xizmatining rasmiy saytida o‘zlariga nisbatan ta’qiq qo‘yilganmi yo‘qmi tekshirishlari kerak.

Undan tashqari, fuqaroga nisbatan O‘zbekiston hududida ham xorijga chiqishni ta’qiqlovchi choralar qo‘llanilgan bo‘lishi mumkin. Masalan aliment, soliq yoki kreditdan qarzlari bo‘lsa. Buni MIB saytidan tekshirib ko‘rsa bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!