Qamish ustidagi fojia: 26 yoshli erkak vafot etdi

Qamish ustidagi fojia: 26 yoshli erkak vafot etdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. 2021 yilning 26 aprel kunidan 27 aprel kuniga o‘tar kechasi soat 00:30 larda 32 yoshli A.Omirbay Qonliko‘l tumani Qonliko‘l mahallasida joylashgan yashash uyining oldida turgan qamish presslar ustida tanishlari 32 yoshli K.Baxadir, U.Karjaubay va 26 yoshli B.Konisbaylar bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirib, mast holatda B.Konisbay bilan janjallashib  qolib uni yuz qismiga va tanasining turli joylariga urganligi oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan A.Omirbayga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Jinoyat ishi doirasida janjalning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.   


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!