"Qamchiq"da poyezdni elektr quvvati bilan ta’minlovchi tayanch ustuni qulab tushdi

"Qamchiq"da poyezdni elektr quvvati bilan ta’minlovchi tayanch ustuni qulab tushdi

“Qamchiq” dovonida kuzatilgan sel-toshqin bir qancha oqibatlarni olib keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 4 may kuni soat 21:30 larda “Qamchiq” dovonida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘lining 19 km. "Ko‘l" stansiyasiga olib boruvchi avtomobil yo‘lining yuvilishi oqibatida poyezdni elektr quvvati bilan ta’minlovchi tayanch ustuni qulagan.

Yuzaga kelgan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida tezkor shtab tuzilib, "Qamchiq" MQYOQB va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ maxsus avariya-tiklash brigadasi va muhandislik texnikalari bilan yo‘lda ta’mirlash ishlari olib borilib, elektr tayanch ustuni, hamda yo‘l ostidan qo‘shimcha sel o‘tkazgich qurish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, avtomobil yo‘lida sel, toshqin oqibatlarini bartaraf etish va yog‘ingarchilik suvlarini betalofat o‘tkazib yuborish maqsadida, suv o‘tkazish inshootlarini va kyuvetlarni tozalash tadbirlari olib borildi. Dovon hududida hodisa oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!