Qachondan yer osti metrosi ichida ham telefonda gaplashish imkoni paydo bo‘ladi?

Qachondan yer osti metrosi ichida ham telefonda gaplashish imkoni paydo bo‘ladi?

2022 yil 1 aprelgacha yer usti halqa metro bekati yo‘nalishida yo‘lovchilar uchun bepul WI-FI tizimidan hamda yer osti metro bekatlarida mobil aloqa operatorlari xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.

Bu haqda “Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Unga muvofiq, “Toshkent metropoliteni” UK “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidan chiqarilib, Transport vazirligi tizimiga o‘tkazildi hamda nomi “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasiga o‘zgartirildi.

Endi “Toshkent metropoliteni” DUKdan 2024 yil 1 yanvargacha respublikada ishlab chiqarilmaydigan, shuningdek, tegishli ro‘yxat bo‘yicha import tovarlarni davlat hududiga olib kirishda ulardan bojxona to‘lovlari olinmaydi. Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona yig‘imlaridan tashqari to‘lovlar nazarda tutilgan.

Qarorga asosan, 2022 yil 1 iyulgacha 7 ta metro bekatida (Beruniy, Chorsu, Paxtakor, Olmazor, Turkiston, Qo‘yliq bozori, Chilonzor) transport o‘tish bog‘lamalari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 2022 yil 1 oktyabrgacha Toshkent shahriga kirib keluvchi yo‘lovchi transportlar uchun 6 ta metro bekati (Turkiston, Yunusobod, Chilonzor va yer usti halqa liniyasining 3,- 4- va 5-bekati) atrofida avtoturargohlar tashkil etiladi.

2022 yil 1 yanvardan shu bo‘yicha bir nechta ma’lumot va xizmatlarni o‘z ichiga oluvchi mobil ilova ishga tushiriladi. Metropoliten yo‘nalishlari va ularning qurilishi bo‘yicha ma’lumotlar, bekatlar, ular atrofida joylashgan ob’ektlar va jamoat transporti yo‘nalishlari haqida axborot beradigan ilovalar, shular jumlasidan. Elektron to‘lov tizimi yanada ommalashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!