Putinga rossiyaliklarning necha foizi ishonishi ma’lum bo‘ldi

Putinga rossiyaliklarning necha foizi ishonishi ma’lum bo‘ldi

So‘rovnomada ishtirok etganlarning 78 foizi prezidentga ishonadi, 13 foizi ishonmaydi.

“Ijtimoiy fikr” jamg‘armasi o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga rossiyaliklarning 78 foizi ishonadi.

Tadqiqotga ko‘ra, so‘rovnomada ishtirok etganlarning 78 foizi prezidentga ishonadi, 13 foizi ishonmaydi. Respondentlarning yana 9 foizi javob berishga qiynalgan.

Respondentlarning 79 foiziga ko‘ra, Putin o‘z lavozimida “ancha yaxshi” ishlaydi, so‘rov ishtirokchilarining 12 foizi esa prezident “anchagina yomon” ishlaydi, deb hisoblaydi. Respondentlarning yana 9 foizi javob berishga qiynalgan.

“FOMnibus” so‘rovi 31 iyul kuni Rossiyaning 53 ta viloyatining 104 ta aholi punktida 18 va undan katta yoshdagi 1,5 ming respondent o‘rtasida yashash joyi bo‘yicha suhbatlar usulida o‘tkazildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!