Putin xokkey bo‘yicha Jahon chempionatining pley-off bosqichiga chaqirilmadi

Putin xokkey bo‘yicha Jahon chempionatining pley-off bosqichiga chaqirilmadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Latviyada bo‘lib o‘tadigan 2021 yilgi xokkey bo‘yicha jahon chempionatining pley-off bosqichida ishtirok etmaydi chunki unga Xalqaro xokkey federasiyasi tomonidan taklifnoma kelmadi, dedi Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

TASS axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, matbuot anjumanida Rossiya prezidenti Latviya davlat hokimiyati organlari tomonidan hozirda Rigada davom etayotgan 2021 yilgi xokkey bo‘yicha Jahon chempionatining pley-off bahslarini tomosha qilishga taklif qilinganmi yoki yo‘qmi, degan savolga Peskov «Yo‘q» deb javob bergan.

Eslatib o‘tamiz, xokkey bo‘yicha 2021 yilgi Jahon chempionati Latviya poytaxti Rigada o‘tkazilmoqda. Musobaqa doirasidagi uchrashuvlar 21 may – 6 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Chempionat o‘yinlari Rigadagi ikkita maydonda o‘tkaziladi.

Ma’lumot o‘rnida, xokkey bo‘yicha Rossiya terma jamoasi guruh bosqichini 1-o‘rinda yakunlagan va bugun tunda chempionatning chorak finalida Kanada terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!