Putin va Yelsinning oshpazi vafot etdi

Putin va Yelsinning oshpazi vafot etdi

Rossiya oshpazlik mutaxassislari milliy uyushmasi rahbari Viktor Belyayev vafot etdi. U 30 yil davomida Kreml oshxonasida ishlagan, Kreml oziq-ovqat zavodining direktori bo‘lgan va davlat rahbarlari, jumladan, prezidentlar Vladimir Putin va Boris Yelsinga oshpazlik qilgan. Belyayevning o‘limi haqida uning feysbukdagi sahifasida xabar berilgan.

Viktor Belyayevning o‘limi haqidagi ma’lumotni milliy oshpazlik mutaxassislari uyushmasi ham tasdiqladi. "Biz uchun Viktor Belyayev yaxshi murabbiy, ajoyib hamkasb, ajoyib do‘st va eng mehribon oshpaz edi. Eng mashhur oshpazlik tadbirlari uning nomi bilan bog‘liq. U ikkiyuzlamachiliksiz, to‘g‘ri va o‘z ishiga sodiq odam edi. Va bugungi kunda Rossiyadagi barcha oshpazlik mutaxassislari biz chinakam buyuk insonni yo‘qotganimizdan qayg‘urmoqdalar", - deya ta’kidladi assosiasiya.

1978 yildan 2008 yilgacha oshpaz Viktor Belyayev Kreml oziq-ovqat zavodida ishlagan va u yerda bosh direktor bo‘lgan. 2008 yildan beri u Rossiya oshpazlik mutaxassislari milliy uyushmasini boshqargan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!