Putin Turkmaniston prezidentini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

Putin Turkmaniston prezidentini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi, tegishli farmon huquqiy axborot rasmiy internet portalida e’lon qilingan, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

“Rossiya Federasiyasi va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Serdar Gurbangulevich Berdimuhamedov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlansin”, deyiladi hujjatda.

Ma’lumot uchun, Turkmanistonda joriy yilning 12 mart kuni prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda saylovchilarning 97,17 foizi yoki 3 million 362 ming 52 kishi ishtirok etdi. Markaziy saylov komissiyasi barcha byulletenlarni sanab chiqqach, 72,97 foiz ovoz olgan Demokratik partiyadan nomzod Sardor Berdimuhamedov g‘alaba qozonganini e’lon qildi.

Kichik Berdimuhamedov joriy yilning 19 mart kuni rasman yangi lavozimda ish boshladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!