Putin: Rossiyada mart oyida inflyasiya Yevropa Ittifoqidagidan kamroq bo‘ladi

Putin: Rossiyada mart oyida inflyasiya Yevropa Ittifoqidagidan kamroq bo‘ladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatdagi inflyasiya bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.

“Mart oyi natijalariga ko‘ra, inflyasiya 4 foizdan kam bo‘ladi. Ammo turli mutaxassislar, shu jumladan, bu yerda mavjud bo‘lganlar ham turli xil fikrlarga ega. Kimdir 4%, kimdir - sal kamroq, kimdir 5% deydi. Ammo bu maqsadli inflyasiya bo‘lishi aniq”, — dedi Putin Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi (RSPP) kongressida so‘zlagan nutqida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyada mart oyida inflyasiya “Rossiya iqtisodiyotining qulashini cheksiz kutayotgan” yevrohudud mamlakatlariga nisbatan past bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!