Putin: "Rossiya so‘nggi yillarda o‘q-dorilar ishlab chiqarishni 22 baravar oshirdi"
So‘nggi yillarda Rossiya qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar ishlab chiqarishni 22 barobardan ko‘proqqa oshirdi.
Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat qurollanish dasturi bo‘yicha yig‘ilishda ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, 2022 yilga nisbatan, ayniqsa, maxsus harbiy amaliyotlar chog‘ida talab qilinadigan mahsulotlar va buyumlar ishlab chiqarish bir necha barobar oshgan.
"Shaxsiy zirhlar qariyb 18 baravarga oshdi. Qurol va o‘q-dorilar 22 baravardan ortiq ko‘paydi", - dedi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, zirhli texnikalar ishlab chiqarish 2,2 barobar, engil zirhli transport vositalari (piyoda jangovar mashinalar, bronetransportyorlar) 3,7 barobar, harbiy samolyotlar 4,6 barobar, avtomobillar 5,7 barobar, raketa artilleriya qurollari 9,6 barobar, aloqa vositalari va shaxsiy jangovar texnikalar ishlab chiqarish deyarli 12,8 barobar, qurol-yarog‘ 12,8 martaga oshgan.
