TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI

TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasida mamlakatimiz taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan barcha masalalar o‘z ifodasini topdi. Xususan, kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida alohida to‘xtalib o‘tilgani ham bejiz emas.

“Hozirgi vaqtda yangi texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt ta’sirida dunyoda ish o‘rinlarining soni, shakli va mazmuni keskin o‘zgarmoqda, — dedi Prezidentimiz. — Yaqin besh yilda mavjud kasblarning 30 foizi to‘liq avtomatlashtiriladi, 50 foizi bo‘yicha esa yangi malakalar talab qilinadi. Bu jarayonlar bizni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q. Sanoatda —avtomatlashgan liniyalar, agrar sohada — “aqlli”texnologiyalar, transportda — intellektual boshqaruv kundalik hodisaga aylanib bo‘ldi.Endilikda, mamlakatimiz mehnat bozori mutlaqo yangi arxitektura asosida — kasb, malaka, texnologiya va ta’limni birlashtiradigan yagona mexanizm sifatida ishlashi zarur”.

Murojaatnomada aytib o‘tilganidek, mutaxassislarning fikricha bolada biror-bir kasbga qiziqish 7-sinfdan boshlanib, qaysi kasbni puxta egallay olishi 9-sinfda to‘liq ma’lum bo‘ladi. Shu bois, 9-sinf bitiruvchilarini fanlarni o‘zlashtirishi va kasbiy qiziqishiga qarab saralab olish tizimi joriy qilinadigan bo‘ldi. Bunda, oliygohlarga kirish istagida bo‘lmagan yoshlar texnikumlarga yo‘naltiriladi.

“Mening niyatim — yoshlarimiz talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha dunyoda raqobatdosh bo‘lsin, kerak bo‘lsa, boshqalardan bir pog‘ona ustun tursin. Ushbu maqsadga erishish yo‘lida kasbiy ta’limning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan texnikumlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz. Buning uchun, 2026 yildan boshlab, har yili kamida 100 tadan texnikumni to‘liq ta’mirlab, texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlab boramiz”, — dedi mamlakatimiz rahbari.

Bugungi kunda mamlakatimizda Germaniya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Koreya kabi davlatlarning ilg‘or ta’lim dasturlari asosida faoliyat yuritadigan texnikumlar soni 47 ta bo‘lib, endilikda ularning soni 100 taga yetkaziladi.

“Bugun sizlarga yana bir yangilikni yetkazmoqchiman: 2026 yilda 7 ta viloyatda, 2027 yilda esa qolgan hududlarda Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va “Kasblar shaharchasi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi”, — dedi Prezidentimiz o‘z Murojaatnomasida.

Bunda Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari hududdagi boshqa texnikumlar uchun metodik va amaliyot bazasi sifatida faoliyat yuritsa, “Kasblar shaharchasi” maktab o‘quvchilarini qurilish, servis, qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport, “yashil” energetika kabi sohalardagi zamonaviy kasblarga yo‘naltirishga xizmat qiladi.

Bu tizim mamlakatimizda uch yil oldin yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ayni paytda o‘quvchilar qamrovi 15 foizga yetkazildi. Bugun avtomobilsozlik, “yashil” energetika, qurilish, transport, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, turizm, servis, IT kabi yo‘nalishlarda 70 mingga yaqin o‘quvchi “dual ta’lim” asosida o‘qib, oyiga 10 million so‘mgacha maosh olmoqda.

Texnikum va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish belgilandi. Xususan, “dual ta’lim” asosida o‘qitishni samarali tashkil qilgan korxonalarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi, ularga tadbirkorlik reytingida qo‘shimcha 5 ball beriladi, korxonalar ishga olgan texnikum o‘quvchisi uchun 1 foizli ijtimoiy soliq imtiyozi yana uch yilga uzaytiriladi.

2026 yildan boshlab texnikumlarda “dual ta’lim” asosida ta’lim olayotgan 100 ming o‘quvchiga ilk bor stipendiya to‘lanadi. “A’lo” baholarga o‘qiyotgan, tanlagan kasbini puxta egallayotgan farzandlarimizga esa oshirilgan miqdordagi stipendiyalar beriladi.

Prezidentimiz, shuningdek, yaqinda bo‘lib o‘tgan Yaponiyaga tashrif chog‘ida O‘zbekistonda “Sukuba” milliy universiteti bilan hamkorlikda aniq fanlar bo‘yicha yangi oliygoh tashkil qilish haqida kelishib olinganini, biz bu tajribani davom ettirib, aniq fanlar va texnika yo‘nalishidagi oliygohlarimizga dunyoning eng nufuzli universitetlarini jalb qilishimizni ta’kidladi.

Mehnat bozoriga yiliga 300 ming oliy ma’lumotli kadrlar kirib kelayotgani, shu sababli endi oliygoh bitiruvchilari va ish beruvchilar o‘rtasida “ko‘prik” bo‘lib xizmat qiladigan raqamli ekotizim yaratilishi aytildi. Unda talabalarning akademik ko‘rsatkichlari va korxonalardagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar “onlayn” tarzda ko‘rinib turadi.Ushbu ekotizim bitiruvchi kurs talabalari uchun o‘ziga mos ish topish, korxonalarga esa malakali kadrlarni jalb qilish imkonini beradi.

Shuningdek, tibbiyot tizimida kasbiy ta’limni rivojlantirish maqsadida Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan texnikumda xalqaro standart asosida hamshiralar tayyorlash boshlandi. Endi ana shu texnikumlarga ham Germaniya, Shveysariya, AQSH, Yaponiya kabi davlatlarning ta’lim dasturlari joriy etiladi. Shu asosda xalqaro talablarga javob beradigan, xorijiy tillarni biladigan hamshiralar tarkibi shakllantiriladi.

Amalga oshirilayotgan bu ishlar va Prezidentimiz Murojaatnomasida aytib o‘tilgan rejalar mamlakatimizda kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish orqali yoshlar bandligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qratilayotganidan dalolat beradi. Bu esa aholi daromadlarini oshirish va mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlashning muhim omilidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

Tramp Saudiya shahzodasi haqida keskin bayonot qildi

Дональд Трамп Муҳаммад ибн Салмон ҳақида кескин ва баҳсли баёнот берди.

Turkiya AQShni ogohlantirdi!

Агар курдлар Эронга қарши ҳужумларда иштирок этса, дарҳол ҳарбий жавоб бўлади.

Rossiya Ukraina borasida Janubiy Koreyani jiddiy ogohlantirdi

Бу ҳақда Россия ташқи ишлар вазири ўринбосари Андрей Руденко маълум қилди.

"Bu yolg‘on. Men uning gaplarini eshitdim va..."

Ушбу баёнот Парижда бўлиб ўтган "G7" давлатлари ташқи ишлар вазирлари учрашувидан сўнг оммага олиб чиқилди.

Rossiya yaqinlashmoqda

DeepState таҳлилий ресурсининг янгиланган маълумотларига кўра, Россия қўшинлари Донецк вилоятининг бир қатор ҳудудларида олдинга силжиган.

Polsha nashri Alisher Usmonovning singlisi muhokama etilgan Lavrov va Siyyarto o‘rtasidagi suhbat yozuvini e’lon qildi

Айни пайтда мазкур аудиоёзув Европа ва Украина матбуотида кенг муҳокама этилмоқда.

OAV: Saudiya Arabistoni urush sabab AQShga chaqiriq bilan chiqdi

Бу ҳақда The Guardian Саудия разведка манбасига таяниб хабар берди.

Eron prezidenti rus tilida Rossiya hukumati va xalqiga minnatdorchilik bildirdi

Унинг таъкидлашича, Россиянинг кўрсатган қўллаб-қувватлаши икки давлат ўртасидаги стратегик ҳамкорлик ва дўстлик алоқаларини мустаҳкамлайди.

«U mening ketimni o‘pishga majbur bo‘lishini o‘ylamagan edi» — Tramp Saudiya shahzodasi haqida

АҚШ президенти Доналд Трамп Саудия Арабистони валиаҳд шаҳзодаси Муҳаммад бин Салмон ҳақида гапирди.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron Isroilga eng yirik raketa hujumini amalga oshirdi

Бу ҳақда Исроил Мудофаа Кучлари матбуот котиби идораси маълум қилди.

Javohir Sindarov FIDE reytingida 6-o‘ringa ko‘tarildi

Ўзбекистонлик шахматчи Жавоҳир Синдоров Кипрнинг Пафос шаҳрида ўтаётган Номзодлар турнири 4-тури доирасида дунёнинг учинчи рақамли шахматчиси Фабиано Каруанани мағлуб этди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Tramp Makronning rafiqasi bilan munosabatlari haqida hazil qildi

Оқ уйдаги тадбирда Америка етакчиси Франция етакчисининг рафиқаси унга ёмон муносабатда бўлиши ҳақида ҳазиллашди.

"AQSh Isroilning qo‘g‘irchog‘i sifatida Tehronga qarshi urushga kirdi"

Қўшма Штатларнинг Эрон инфратузилмасига ҳужумлари Эрон халқига қарши қаратилган ва ҳарбий жиноят ҳисобланади

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.

Eron AQShni masxara qildi: “Biz 6000 yillik sivilizasiyamiz”

Жанубий Африкадаги Эрон элчихонаси АҚШ мудофаа вазири Пит Хегсетнинг “Эрон тош даврига қайтиши мумкин” деган баёнотини масхара қилди.

BMT: Jahon urushi xavfi — Yaqin Sharq mojarosi keskinlashmoqda

БМТ Бош котиби Антониу Гутерриш жаҳонда янги кенг кўламли уруш бошланиши хавфи ҳақида огоҳлантирди.

Toshkentda YPX xodimiga qo‘l ko‘targan mast haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Шундан сўнг ходимлар ўзлари ва атрофдагилар хавфсизлигини таъминлаш мақсадида махсус воситаларни қўллаган ҳолда қонунбузар фуқарони зарарсизлантирган.

Hindistonda 70 yoshli fil “pushti fotosessiya”dan keyin vafot etdi

Ижтимоий тармоқ фойдаланувчилари блогерни ҳайвонга нисбатан шафқатсиз муносабатда бўлганликда айблаб, уни жавобгарликка тортишни талаб қилмоқда.

Farg‘onada og‘ufurushlarga 12 yildan 15 yilgacha qamaldi

Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.

Toshkent va Sirdaryoda «Umra» bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Тошкент шаҳри ва Сирдарё вилоятида «Умра» зиёратига юбориш билан боғлиқ бир қатор фирибгарлик ҳолатлари фош этилди.

Turkiyada muhojirlar qayig‘i cho‘kdi: kamida 18 kishi halok bo‘ldi

Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.

Xitoy va Pokistondan tashabbus: Eron atrofidagi urushni to‘xtatish rejasi taklif etildi

Хитой ва Покистон Эрон атрофидаги можарони бартараф этиш мақсадида қўшма тинчлик ташаббусини илгари сурди.

Tramp Eron sulh so‘raganini aytdi. Tehron javob qaytardi

АҚШ президенти Доналд Трамп бугун Теҳрон Вашингтондан сулҳ сўраганини эълон қилди.

Trampning bayonoti: Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmaydi

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон ядровий қуролга эга бўлмаслигини қатъий таъкидлади.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Evropadan tanqid: Zelenskiy mablag‘larni juda tez sarflamoqdami?

Европа Иттифоқи доирасида Украинага ажратилаётган маблағлар юзасидан танқидлар янграмоқда.