“Putin qishda Ukrainaning sovuq va zulmatga botishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda" Anna Lurman

“Putin qishda Ukrainaning sovuq va zulmatga botishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda" Anna Lurman

Putin qishda Ukrainaning sovuq va zulmatga botishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda", — deb bayonot berdi Germaniyaning Yevropa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Anna Lurman.

"Ukrainaliklar bunga katta jasorat bilan qarshilik ko‘rsatmoqda va biz ularni nafaqat so‘z bilan, balki amaldagi harakatlarimiz bilan ham qo‘llab-quvvatlaymiz", deya qo‘shimcha qildi u.

Davlat vazirining so‘zlariga ko‘ra, Germaniya Ukrainaga 55 million yevrolik qishki yordam paketini tasdiqlagan.

"Biz Ukrainaga yaqin kunlarda generatorlar yuboramiz. Hukumatimiz ukrainlarning qishdan o‘tishiga yordam berish uchun boshqa choralarni ham ko‘rishga tayyor. Bu qish oson bo‘lmaydi", — dedi Lurman OAVga bergan intervyusida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!