Putin: «G‘arb Zelenskiyni kelasi yil yarmiga qadar almashtiradi»

Putin: «G‘arb Zelenskiyni kelasi yil yarmiga qadar almashtiradi»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Viyetnamga tashrifi doirasida rossiyalik jurnalistlar ishtirokida brifingda qatnashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb urushdagi barcha muvaffaqiyatsizlikni Zelenskiyning bo‘yniga qo‘yib, uni ketkazadi.

«G‘arb barcha o‘xshamagan qarorlar uchun aybni Zelenskiyning bo‘yniga ilib, uni 2025 yil birinchi yarmiga qadar almashtiradi», deb Putinning so‘zlarini keltirgan «RIA Novosti».

Shuningdek, Putin G‘arbda urush yakuni sifatida Rossiyani jang maydonida taslim etishni ko‘rishayotgani, Moskva uchun esa bu mamlakat mavjudligining yakunlanishi ekanini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!