Putin: "Bu Berlin uchun ham, Moskva uchun ham foydali emas"

Putin: "Bu Berlin uchun ham, Moskva uchun ham foydali emas"

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi uzilib qolgan hamkorlik Berlin uchun ham, Moskva uchun ham foydali emasligini ta’kidladi.

Bu haqda davlat rahbari xorijiy davlatlarning Rossiyadagi yangi elchilariga ishonch yorliqlarini topshirish marosimida aytib o‘tdi.

"Rossiya bilan munosabatlarning hozirgi muzlatilgan holati biz uchun ham, siz uchun ham foydali emas, lekin, avvalo, mening fikrimcha, Germaniya uchun", - dedi Rossiya rahbari.

Putinning aniqlik kiritishicha, bu Rossiya va Germaniya o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ta’lim, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarning to‘xtatilishida namoyon bo‘lmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!