Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasi ishga tushirilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasi ishga tushirish marosimi boshlandi.
Muborak Ramazon hayiti hamda yasharish, yangilanish bayrami Navro‘z ayyomi arafasida yurtimizda sanoat, energetika, infratuzilma, servis sohalarida ko‘plab yirik loyihalar ishga tushirilmoqda. Har bir hududda yangi uy-joy massivlari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, turizm va madaniyat maskanlari bunyod etilmoqda.
“Bu ishlarmizning barchasi bir maqsadga – iqtisodiyimiz yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahallalarga Yangi O‘zbekiston qiyofasini olib kirish va albatta xalqimizning turmush farovonligini yanada oshirishga qaratilgan.
Bugun ishga tushayotgan 3-mis boyitish fabrikasi ham ana shu keng ko‘lamli ishlarimiz va bunyodkor xalqimiz fidokorona mehnati namunasi, desak aniq haqiqatni aytgan bo‘lamiz”, – dedi Prezidentimiz.
Qiymati 2 milliard 700 million dollarlik ushbu loyiha shunchaki korxona emas, balki mamlakatimiz sanoat qudratini yanada mustahkamlaydigan, tabiiy boyliklarimizni chuqur qayta ishlashga xizmat qiladigan zamonaviy industrial majmua ekani ta’kidlandi.
