Pul port shaharchasida katta miqdordagi neft sizib chiqdi

Pul port shaharchasida katta miqdordagi neft sizib chiqdi

Angliya janubi-g‘arbidagi Pul port shaharchasida 200 barrelga yaqin rezervuar suyuqligi, jumladan, katta miqdordagi neft sizib chiqdi.

Bu haqda mahalliy hokimiyatga tayanib The Telegraph xabar bermoqda.

Voqea «jiddiy hodisa» sifatida baholanmoqda:

Sizib chiqqan quvur operatori Perenco, shtab-kvartirasi London va Parijda joylashgan Angliya-Fransuz neft va gaz korporasiyasi.

Gazetaning yozishicha, Puladagi bandargoh Yevropadagi eng yirik tabiiy bandargoh bo‘lib, u yerda ko‘plab sayr qiluvchi qushlar yashaydi. Favqulodda vaziyatning aniq sabablari ma’lum emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!