«PSJ» Zidan bilan aloqaga chiqdi

«PSJ» Zidan bilan aloqaga chiqdi

«PSJ» klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish kuzatilishi mumkin. Klub rahbariyati Maurisio Pochettino bilan xayrlashishga qarshi emas.

ESPN xabariga ko‘ra, Parij klubi argentinalik murabbiyning jamoani tark etishi mumkinligini inobatga olib, Zinedin Zidan bilan aloqaga chiqqan.

Pochettino «Manchester Yunayted»ga yo‘l olsa, fransiyalik mutaxassis Parij klubi bosh murabbiyi bo‘lish uchun asosiy da’vogar sanalmoqda. Klub xo‘jayini Nosir Al-Helayfi Zidan jamoaning yulduzlari bilan yaxshi munosabat o‘rnata olishiga va Mbappeni qoldirishi mumkinligiga ishonmoqda.

Avvalroq, Pochettino «MYu»ga o‘tishni istayotgani, Zidan esa Parijda qolish uchun ham «PSJ»ni boshqarishga qarshi emasligi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, «MYu» Zidandan rad javobini olgach, Pochettino nomzodiga qiziqish bildirayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!