"PSJ" rahbariyati Mbappening talabini bajarmadi

"PSJ" rahbariyati Mbappening talabini bajarmadi

RMC Sport xabariga ko‘ra, "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe o‘tgan yozda jamoaga yangi hujumchi kelishini istagan.

Shu bilan birga, 23 yoshli futbolchi hatto jamoada ko‘rishni istagan futbolchilar nomini ham aytib o‘tdi: Markus Reshford (Manchester Yunayted), Robert Levandovski (Bavariya, Barselona), Usmon Dembele (Barselona) yoki Janluka Skamakka (Sassuolo). Biroq Parij klubi bu futbolchilardan birortasini ham olmagan.

Eslatib o‘tamiz, may oyida Kilian Mbappe parijliklar klubi bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolagan edi. Malum bo‘lishicha, yangi kelishuv bilan Kilianga Fransiya terma jamoasida ko‘proq vakolat berilgan.

Avvalroq, "PSJ" hujumchilari Kilian Mbappe va Neymar mojaroga qaramay, bir-birini omma oldida muhokama qilmaslik borasida o‘zaro kelishuvga erishgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!