Prezidentning o‘g‘li ham g‘alati qarorlar chiqarishni boshladi

Prezidentning o‘g‘li ham g‘alati qarorlar chiqarishni boshladi

Turkmaniston poytaxti Ashxobod va Turkmanoboddagi do‘konlarga endi faqat ro‘yxatdan o‘tgandan keyin tashrif buyurish mumkin. Azathabar.com xabariga ko‘ra, uzundan-uzoq navbatlar Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning "imidjini tushirmoqda" ekan.

Shu munosabat bilan Turkmaniston Bosh vazirining o‘rinbosari, prezidentning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov otasi kabi g‘alati qarorlar chiqarishni boshladi. Uning farmoni bilan endi do‘konlar oldidagi navbatda to‘planib turishni taqiqladi. Endi do‘konlarga faqat belgilangan vaqtda telefon orqali tashrif buyurish mumkin.

Do‘konlar yaqinida navbatda turgan fuqarolar endi yaqin atrofdagi binolarning pod’ezdlarida yashirinishga majbur bo‘lmoqda. Do‘konlar orqa eshik orqali ishlashga majbur bo‘lmoqda. Iqtisodiy inqiroz tufayli aholi mahsulotlar sal arzonroq bo‘lgan davlat do‘konlarida navbatda turishni boshlagan.

Ommaviy yangiliklar xizmati esa Berdimuhamedov nabirasi bilan birga yangi qo‘shiq yozganini zavq-shavq bilan xabar qilmoqda. Musiqiy kompozisiya "Mening oppoq shahrim – Ashxobod" deb nomlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!