Prezident: "Shuncha ish bo‘lganda, ayollar o‘z tanasini sotishi bu sharmandalik"

Prezident: "Shuncha ish bo‘lganda, ayollar o‘z tanasini sotishi bu sharmandalik"

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ayollarni ehtiyot qilishga chorladi.

Davlat rahbari fikriga ko‘ra, o‘z qizlarini ehtiyot qilmaydigan mamlakatlar yo‘q bo‘lishga mahkum qilingan.

Nazarboyev misol tariqasida qo‘shni Xitoyni keltiradi. Undan hozirgi vaqtda ayollarga qaraganda erkaklar, 60 millionga ko‘pdir.

Ular o‘ziga juft topish maqsadida boshqa davlatlar ketishmoqda. Davlatda qanchalik ayollar kam bo‘lsa, shunchalik tezroq millat yo‘q bo‘ladi. Oxir-oqibat, 3000 yilga kelib, qizlari kam bo‘lgan millatlar yo‘q bo‘lib ketishishi hisob-kitob qilingan. Bu haqda o‘ylash qiyin, bu aniq hisoblangan, shuning uchun qizlarni ehtiyot qilaylik , - dedi Nazarboyev Qozog‘istonning 100 nafar yangi chehrasi loyihasi ikkinchi bosqich yakunlariga bag‘ishlangan tantanli marosimida.

Bundan tashqari, Nazarboyev Qozog‘iston yoshlarini mehnat qilishga chorladi.

Men doim yoshlarga kvartirani yig‘ishtirish bu sharmandalik holat emas deb aytib kelaman. Ishsiz va baxtsiz bo‘lib yurish sharmandalik. Bu yerda shuncha ish bo‘lganda, ayollar o‘z tanasini sotishi bu sharmandalik , - deb ta’kidladi prezident.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!