Prezident shtandarti nima?

Prezident shtandarti nima?

‼️Xorijiy davlatlarda shtandart (bayroq) prezidentlik belgisi (ramzi) hisoblanadi.

Shtandart (bayroq) Prezident ishtirok etadigan barcha muhim tadbirlarda, inaugurasiya (qasamyod qabul qilish) paytida hamda Prezident qarorgohlarining binolari va xizmat xonalarida ko‘tariladi.

✅ Prezident shtandartining (bayrog‘ining) davlat bayrog‘idan farqli jihati shundaki, davlat bayrog‘i barcha davlat organlari, ushbu davlatning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari binolarida hamda boshqa joy va holatlarda ko‘tarilsa, Prezident shtandarti (bayrog‘i) shaxsan Prezidentga biriktiriladi va faqat u tomonidan foydalaniladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!