Prezident ogohlantirildi: unga qarshi suiqasd uyushtirishmoqchi

Prezident ogohlantirildi: unga qarshi suiqasd uyushtirishmoqchi

Moldova prezidenti Igor Dodonga anonim xat yozib, unga qarshi uyushtirilayotgan suiqasd haqida xabar berilgan, deya yozadi Gazeta.ru .

Daryo nashriga ko‘ra, avvalroq Argumenti i fakti v Moldove nashrida xatning surati bosib chiqarilgan. Moldova prezidentining matbuot kotibi ushbu xabarning to‘g‘ri ekanini tasdiqlagan.

Xatda amaldagi Demokratik partiyaning yetakchisi Vladimir Plaxotnyuk saylovdan keyin darhol prezidentga suiqasd uyushtirishmoqchi ekani yozilgan.

Uning asosiy maqsadi bo‘lg‘usi parlamentda sosialistlar fraksiyasini boshliqsiz qoldirish keyin esa po‘pisa yordamida sosialist deputatlarni o‘ziga og‘dirib olish , deyiladi xatda.

Ma’lum qilinishicha, xatning nuxsasi AQSh elchisi Derek Xoganga, YEI elchisi Pyotr Mixalkoga hamda Rossiya elchisi Oleg Vasnesovga yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!