29 may kuni Prezident maktablarining rasmiy veb-sayti — pm.xtv.uz ishga tushdi. Ushbu veb-sayt orqali fuqarolar Prezident maktablari faoliyati va o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollarga javob olishlari mumkin.
Saytda Prezident maktablarining Call-center (ishonch telefoni), qabul jarayoni va boshqa ma’lumotlar ham o‘rin olgan.
Xususan:
— maktab haqida;
— STEAM ta’lim haqida;
— qo‘shimcha imkoniyatlar;
— onlayn qabul;
— topshiriladigan hujjatlar;
— bo‘sh ish o‘rinlari;
— xalq ta’limiga oid yangiliklar va h.k.
Veb-saytning «O‘quv tizimi» bo‘limida keltirilishicha, Prezident maktabi internat shaklidagi davlat ta’lim muassasasi hisoblanib, o‘quvchilar haftaning besh kuni davomida (dushanba—juma) maktab hududida qolib o‘qishlari talab etiladi.
Barcha o‘quvchilar maktab hududida dushanbadan jumagacha kecha-kunduz bo‘ladi, dam olish kunlari esa ota-onalar farzandlarini uyga olib ketishlari mumkin (shu bilan birga o‘quvchilar maktab-internatda dam olish kunlari ham qolishlari mumkin).
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Шенчжен халқ суди мусодара қилинган судралиб юрувчиларни аукцион орқали сотишга қарор қилди. Харидор судралиб юрувчиларни фермадан мустақил равишда олиб кетиши керак
"Биз фуқаролик тўғрисидаги қонунни яна ўзгартирамиз: 3 йиллик ‘турбо-фуқароликъ энди бўлмайди. Янги тартиб бўйича фақат 5 йил яшагандан сўнг фуқаролик берилади," – деди сиёсатчи.
Қирғизистон Миллий хавфсизлик давлат қўмитаси ходимлари мамлакатдаги вазиятни беқарорлаштириш мақсадида оммавий тартибсизликлар тайёрлашга уринишни тўхтатди.
Ғарбий Болқон яқин келажакда харитадаги янги можаролар марказига айланиши мумкин. Кремль раҳбари Владимир Путин бу ҳудуддан ўз манфаатлари йўлида "ўйин майдони" сифатида фойдаланиши эҳтимоли бор.
Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 186-1-моддаси (этил спирти, алкоголли маҳсулот ва тамаки маҳсулотини қонунга хилоф равишда муомалага киритиш ёки ишлаб чиқариш) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.