Poytaxtimizda ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi qanchaligini bilasizmi?

Poytaxtimizda ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi qanchaligini bilasizmi?

Xizmatlar sohasining kengayishi va rivojlanishi, milliy daromadlarning oshishini ta’minlovchi hamda aholi uchun munosib turmush darajasini ta’minlashning hal qiluvchi omilidir. Xizmatlarning yuqori sifati va xilma-xilligi, xodimlarning mehnat samaradorligini oshiradi, iste’mol xarajatlarini kamaytiradi, vaqtni tejalishiga olib keladi hamda bo‘sh vaqt samaradorligini oshiradi.

Toshkent shahar statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 5 876,8 mlrd. so‘mga oshib, 27 997,5 mlrd. so‘mga yetdi. Taqqoslama ekvivalentda 2021 yilning yanvar-mart oylariga (110,5 foiz) nisbatan o‘sish sur’ati 119,8 foizni tashkil etdi.

Shuni alohida aytish lozimki, 2022 yil yanvar-mart oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 1 271,6 mlrd. so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,5 % ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2021 yil yanvar-martga nisbatan 91,0 foizni tashkil etgan. Sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi esa 2022 yilning yanvar-mart oylarida 560,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Xizmatlarning umumiy hajmida ularning ulushi 2,0 foizni tashkil etdi.

Toshkent shahar statistika boshqarmasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!