Toshkent metropolitenida to‘lov tizimida shaffoflikni ta’minlash, kassalar oldida yuzaga keladigan tirbandliklarning oldini olish hamda yo‘lovchilarga qulay va tezkor xizmat ko‘rsatish maqsadida kassalarni bosqichma-bosqich yopish hamda yo‘lovchilarga yanada qulay to‘lov tizimi yaratish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
Poytaxt metrosi ma’muriyati shahar aholisi va mehmonlarini yana 19 ta metro bekatlaridagi kassalar yopilishi rejalashtirilganligi haqida ogohlantirmoqda (2025 yilning iyul oyida 13 ta bekatda kassalar yopilgan, -tahr.). Mazkur kassalar joriy yilning 1 fevral sanasidan boshlab ketma-ketlikda o‘z faoliyatini to‘xtatadi hamda kassalar o‘rniga bir martalik QR-chipta beruvchi infokioskalar o‘rnatiladi.
Ma’lumot uchun, hozirda Toshkent metropolitenida elektron to‘lov tizimlari bosqichma-bosqich kengaytirib borilmoqda.
Jumladan, yo‘lovchilarga:
bank kartalari orqali to‘lov;
transport kartalari orqali to‘lov;
yuzni tanib olish (Face ID);
kaft orqali to‘lov (Palm pay);
mobil ilovalar orqali to‘lov kabi 10 dan ortiq zamonaviy va qulay to‘lov usullaridan foydalanish imkoniyatlari mavjud.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning kuzida Toshkent metropolitenida elektron to‘lov tizimlari ko‘paygani va kassa operatorlariga talab kamaygani sababli 204 ta shunday ish o‘rinlari tugatilgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Бош прокуратура ахборот хизмати терговга қадар текширув давомида InfinBANK АТБ Қўқон филиали кредит бўлими мутахассиси А.Т. гумонланувчи сифатида қўлга олинганини маълум қилди
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.