Poroshenko Tramp sabab BBC bilan sudlashmoqchi

Poroshenko Tramp sabab BBC bilan sudlashmoqchi

Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenko Britaniya teleko‘rsatuvlari korporasiyasi bo‘lmish BBC bilan sudlashadi. Xabarlarga ko‘ra, buning sababi siyosatshunosning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan qisqa muddatli uchrashuv uchun yuz minglab dollar to‘laganligi haqidagi xabar bo‘lgan.

Ukraina prezidentining vakillari bu ma’lumotning haqiqatga mos kelmasligi va uning qadr-qimmatini yerga urayotganligini ta’kidlamoqdalar.

Shuningdek, Poroshenkoning advokatlari Ukrainadagi korrupsiyaga qarshi islohotlar olib borilayotgan paytda ushbu xabar o‘z mijozining obro‘siga putur etkazganligini ham qo‘shimcha qilmoqda, deya xabar berdi “The Telegraph”.

BBC esa, o‘z navbatida, raddiya berishni va Ukraina prezidentidan uzr so‘rashni rad etdi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!