Polshada Rossiyaning polshalik josusi qo‘lga olindi

Polshada Rossiyaning polshalik josusi qo‘lga olindi

Polsha Ichki xavfsizlik agentligi ushbu mamlakat fuqarosini Rossiya foydasiga josuslikda ayblab hibsga oldi. Bu haqda respublika davlat prokuraturasi saytida xabar berilgan.

«Tergov davomida prokuror gumonlanuvchi josuslikda gumon qilinib, ilgari sherigi hibsga olinganidan keyin o‘z faoliyatini kuchaytirib, Rossiya Federasiyasi foydasiga ish tutganligini aniqladi. Yanush N. Rossiya razvedka xizmatining ko‘rsatmalariga binoan Polsha va xorijiy siyosatchilar, shu jumladan Yevropa Parlamentida ishlaydiganlar bilan aloqa o‘rnatishga urindi», - deyiladi vazirlik bayonotida.

"Gumon qilinuvchi o‘z faoliyatini Polsha, Yevropa Ittifoqi va boshqa mamlakatlarda olib bordi, bu Rossiya targ‘ibot va dezinformasiyasi loyihalari tarkibiga kirgan, Polsha Respublikasining Yevropa Ittifoqida va xalqaro maydonda mavqeyini zaiflashtirish maqsadida olib borilgan", - deyiladi manbada.

Eslatib o‘tamiz, mahalliy qonunlarga muvofiq familiyasi oshkor qilinmagan Yanush N. 31 may kuni hibsgaolingan edi. Uning xonadonida tintuv o‘tkazilganda, qariyb 84 ming dollar va ko‘plab ma’lumot tashuvchilar topilgan.

U josuslikda ayblanib, sud uni uch oyga hibsga oldi. Fuqaro 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!