Polsha yaqin haftalarda o‘zining MiG-29 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga topshirishni rejalashtirmoqda

Polsha yaqin 4-6 hafta ichida o‘zining MiG-29 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga topshirishni rejalashtirmoqda, dedi Polsha bosh vaziri Mateush Moraveski jurnalistlarga.
"Bu yaqin to‘rt-olti hafta ichida sodir bo‘lishi mumkin", - deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Avvalroq Polsha prezidenti Anjey Duda CNN telekanaliga bergan intervyusida Varshava Kiyevga o‘z arsenalidagi MiG-29 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)