Polsha hukumati yaqinda bir qancha davlatlar MiG-29ni Ukrainaga topshirishini aytdi

Tez orada bir qancha davlatlar Ukrainaga MiG-29 qiruvchi samolyotlarini topshiradi. Bu haqda Polsha hukumati matbuot kotibi Pyotr Myuller ma’lum qildi.
“Biz bu qarorlar tafsilotlarini kerakli vaqtda e’lon qilamiz. Bu qarorlar bir necha shtatlardan iborat guruhda qabul qilingan”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)