Polisiyachilarga Rossiyani tark etish taqiqlandi

Polisiyachilarga Rossiyani tark etish taqiqlandi

Rossiyada polisiyachilarning mamlakatdan chiqib ketishi taqiqlab qo‘yildi. Bu haqda qator ommaviy axborot vositalari, shuningdek, Rossiya Turoperatorlari uyushmasi o‘z manbalariga tayanib xabar beryapti.

Baza Telegram-kanalining xabar berishicha, 23 sentyabr kuni imzolangan buyruqqa ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi shaxsiy tarkibi va rahbariyati, jumladan, ayollar ham rahbariyat tomonidan tasdiqlanmasa, mamlakatdan chiqib ketish huquqiga ega emas.

47.ru nashrining ta’kidlashicha, ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevning buyrug‘iga ko‘ra, agar 21 sentyabr kuni safarbarlik e’lon qilinganidan keyin chipta yoki yo‘llanma sotib olingan bo‘lsa, polisiya xodimlariga chet elga chiqish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, Baza ma’lumotlariga qaraganda, davlat sirlaridan xabardor bo‘lgan polisiyachilar pasportlarini topshirishlari shart.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!