Polisiya va Imron Xon tarafdorlari Lahorda uni hibsga olishga urinish tufayli to‘qnashdi

Polisiya va Imron Xon tarafdorlari Lahorda uni hibsga olishga urinish tufayli to‘qnashdi

Pokistonning sobiq bosh vaziri va Adolat harakati (PTI) rahbari Imron Xon polisiya uni Lahordagi qarorgohida hibsga olishga urinayotgan bir paytda tarafdorlarini ko‘chaga chiqishga chaqirdi.

DAWN nashriga ko‘ra, polisiya siyosatchini hibsga olmoqchi bo‘lib, uning safdoshlari tomonidan qarshilikka duch kelgan va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan.

Ayni paytda Karachi va Peshovarda ham hibsga olinishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Geo TV ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklarda qatnashgani uchun bir necha PTI a’zosi allaqachon hibsga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!