Pokiston va Afg‘onistondagi toshqinlar oqibatida 135 kishi halok bo‘ldi

Pokiston va Afg‘onistondagi toshqinlar oqibatida 135 kishi halok bo‘ldi

Pokiston va Afg‘onistonda noqulay ob-havo yuzlab odamlarning hayotiga zomin bo‘ldi, deb xabar bermoqda CBS News.

Pokistonning turli hududlarida 71 kishi halok bo‘ldi, 67 kishi yaralandi. Eng ko‘p jabrlangan hudud mamlakat shimoli-g‘arbidagi Xayber-Paxtunxva provinsiyasidir. Turar-joy binolarining qulashi natijasida u yerda 32 kishi halok bo‘lgan.

Xayber-Paxtunxvada halok bo‘lganlar orasida 15 nafar bola va besh nafar ayol, yana 41 nafari yaralangan. 1370 ta uy zarar ko‘rgan.

Sharqiy Panjob provinsiyasida 23 kishi halok bo‘ldi, 7 kishi yaralandi. Mamlakat janubi-g‘arbidagi Belujiston viloyatida 8 kishi halok bo‘ldi, 8 kishi yaralandi. Kashmirning Pokiston nazorati ostidagi qismida ham jiddiy vaziyat mavjud. 8 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohatlandi, 47 ta uy vayron bo‘ldi.

Sinoptiklarning bashorat qilishicha, mamlakatda 29 aprelgacha kuchli yomg‘ir yog‘adi.

Afg‘onistonda tabiiy hodisalar tufayli halok bo‘lganlar soni 66 nafardan oshdi. 600 ga yaqin uy vayron bo‘lgan. Toshqin ming gektardan ortiq qishloq xo‘jaligi yerlariga zarar yetkazdi. Qutqaruv ishlari davom etmoqda. Bir kun avval mamlakatda yog‘ingarchilik miqdori yillik me’yorga yetdi. Poytaxt Kobul va yana 20 ta viloyat toshqindan jabr ko‘rdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!