Pokiston bosh vaziri korrupsiyaga qarshi Xitoy tutgan yo‘lni tanladi

Pokiston bosh vaziri korrupsiyaga qarshi Xitoy tutgan yo‘lni tanladi

Pokiston bosh vaziri Imron Xon mamlakatdagi korrupsiyaga qarshi Xitoy xalq respublikasi tutgan yo‘l bilan kurashmoqchi ekanligini ma’lum qildi, deb yozgan «Regnum».

Bosh vazir Pekinda o‘tgan xitoylik investorlar bilan konferensiya vaqtida korrupsiyaning mamlakat iqtisodiy rivojlanishi yo‘lidagi eng asosiy to‘siq ekanligini ta’kidladi.

Imron Xon Xitoy iqtisodiyotining shitob bilan o‘sib borayotganiga havas qilishi va Islomobod ham Pekindan bu borada o‘rnak olishi lozimligini qayd etdi.

Shuningdek, Pokiston davlat rahbari konferensiya ishtirokchilariga Xitoy xalq respublikasi raisi Sin Szi Pinning vazirlik darajasidagi 400 nafar amaldorni korrupsiyaga aloqadorligi uchun qamoqqa olganini eslatdi va o‘zi ham «Sin Szi Pin yo‘li»dan borib o‘z mamlakati taraqqiyoti uchun 500 nafar korrupsioner amaldorni qamoqqa olishga tayyorligini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!