Poyezdning qor tozalovchi mashina bilan to‘qnashib ketishi oqibatida o‘nlab kishi jarohat oldi

Chikagoda shaharlararo poyezdning qor tozalash mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida o‘nlab odamlar jarohat oldi, ba’zilarining ahvoli og‘ir, deya xabar bermoqda Associated Press nashri.
Mintaqa o‘t o‘chirish departamentining ma’lum qilishicha, juma kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:35 da Chikago tranzit boshqarmasi poyezdi qor tozalash mashinasiga borib urilgan. Chikago rasmiylariga ko‘ra, 31 yo‘lovchi va yetti ishchi bo‘lgan ikki vagonli poyezd Skoki okrugidan janubga qarab ketayotganida sekin harakatlanuvchi qor tozalash uskunasi bilan to‘qnashib ketgan.
38 kishi, jumladan, to‘rt nafar bola hududdagi shifoxonalarga yetkazilgan, jarohatlanganlarning uch nafari og‘ir ahvolda, garchi jarohatlar hayot uchun xavfli bo‘lmasa-da", dedi bosh feldsher o‘rinbosari. Poyezd mashinistining ahvoli eng og‘ir.
Hodisa sabablari aniqlanmoqda.