Pezeshkian Putinni do‘stlikka ishontirdi

 Pezeshkian Putinni do‘stlikka ishontirdi

Eron oktyabr oyida Qozonda bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitida Rossiya bilan keng qamrovli strategik sheriklik shartnomasini imzolashga tayyor. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon muloqotida saylangan prezident Masud Pezeshkian ma’lum qildi.

«Eron va Rossiya o‘rtasida keng qamrovli hamkorlik kelishuvi bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash yakunlandi va biz uni Rossiyada bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammiti doirasida imzolashga tayyormiz», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan IRNA axborot agentligi.

«Biz do‘stimiz va qo‘shnimiz Rossiya bilan munosabatlarga katta ahamiyat beramiz va bu munosabatlarni mustahkamlaymiz», — deya qo‘shimcha qildi Pezeshkian.

❕ Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Putin bilan suhbat chog‘ida Pezeshkian ikki davlat o‘rtasida BRIKS, Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT), Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOI) va boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlik muhimligini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!