Har kuni ish yuzasidan yoki bir qator turmush tashvishlari bo‘yicha ko‘plab odamlar bilan uchrashamiz,ular bilan suhbatlashamiz, bilganimizni tushuntirishga harakat qilamiz, ba’zida aksincha, tushuncha olamiz. Men ishlayotgan idoraga keluvchilarning aksariyati pensiya va nafaqalar haqida, bu sohadagi o‘zgarish va yangiliklarni so‘rashadi. Aslida bunday yangiliklar bilan fuqarolarning bir qismi soha mutaxassislaridan avvalroq tanishib ham olishadi. Chunki, ijtimoiy tarmoqlardan bugun istalgan savolingizga javob topishingiz mumkin.
Qabulimga kelganlardan biriga shu haqda gapirsam, u “To‘g‘ri, aytganingizdek internetda hamma narsa bor. Ammo ularning barini tushunib olishga, mag‘zini chaqishga har kimning ham aqli yetavermas ekan. Soha mutaxassislari esa sodda, aniq gapirib berishadi”, deydi.
To‘g‘ri, matbuotda yoki ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan ayrim hujjatlar oddiy xalq tilida yozilmaydi, buning ustiga ularda rasmiyatchilik hollari ustuvor. Ayrim fuqarolarimiz harchand urinishmasin, bunday chiqishlarning mazmun-mohiyatini to‘liq anglab olisholmaydi. Ayniqsa keyingi paytlarda pensiya va nafaqalarni tayinlashda fuqarolarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘rovchilar ko‘paydi. Pensiyalarni tayinlashda shaxsning ish haqi va mehnat staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazasi bilan qiziquvchilar ham tez-tez murojaat qiladigan bo‘ldi.
Aslida 2005 yildan avvalgi yillarda mamlakatimizda elektron baza tashkil etilmagan. Shu sabab o‘sha davrlarda ishlagan fuqaroning ish staji bizdagi qabul qilingan me’yoriy hujjatlarga asosan uning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida tasdiqlanadi. Buning uchun qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi. Uch yil va undan avval tayinlangan qayta hisoblangan pensiya va nafaqalarni tekshirish hamda ular bo‘yicha aniqlangan ortiqcha to‘lovni undirish esa bekor qilingan.
So‘nggi yillardagi o‘zgarishlardan yana biri ishlovchi fuqarolarga ishlamaydigan turmush o‘rtoqlarining kelgusida pensiya ta’minotiga ega bo‘lishlari uchun o‘z daromadlaridan ixtiyoriy ravishda ularga har oyda ijtimoiy soliq to‘lash huquqi berilganidir.
Unga ko‘ra pensiya va nafaqalar fuqaroning xohishiga ko‘ra ro‘yxatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha tayinlanadi, tijorat banklari filiallarida bank plastik kartalarini ochish jarayonida yoki bank mobil ilovalari orqali elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
Aytish mumkinki, pensiya va nafaqalar tayinlash hamda ularni egalariga yetkazib berishda bir qator o‘zgarishlar bor. Ularning barchasi pensionerlar va nafaqaxo‘rlar halovatini ko‘zlab, ularga iloji bori qadar qulayliklar yaratib berish iaqsadida qilinayotgan jiddiy harakatlardan dalolat beradi.
Fazliddin JABBOROV,
Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi
Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi boshlig‘i.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Бугун жиноят ишлари бўйича Миробод туман суди томонидан А. Воитов (Қишлоқ хўжалиги вазири лавозимида ишлаган) ва бошқаларга (жами 62 киши) оид жиноят ишини биринчи инстанцияда кўриб чиқиш бўйича суд жараёни тугаб, суд ҳукми эълон қилинди.
Маълум бўлишича, 2025 йил август ойида "Chevrolet Tahoe 2025 High Country" модели тақдим этилган; у 1,46 миллиард сўмдан бошланадиган нархда 11 сентябрдан сотувга чиқади.
Март ойи ўрталарида Исроил ва ҲАМАС ўртасида ўт очишни тўхтатиш келишуви барбод бўлганидан бери Ғазо секторида бир миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди.
Қоҳирадаги Миср миллий музейининг реставрация бўлимида фиръавн Аменемопетга тегишли бўлган билагузук йўқолди. Бу ҳақда Миср қадимий ёдгорликлар вазирлигига асосланиб CBS News хабар берди.
Терговга қадар текширув давомида, ушбу ноқонуний ишга алоқадор бўлган учинчи шахснинг яшаш хонадонидан эса 110 гр. “опий” моддаси, 2 та электрон тарози, 1200 АҚШ доллари ҳамда 28 млн. сўм процессуал тартибда расмийлаштириб олинди.
Ҳозирда унга нисбатан Жиноят кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ҳамда 28, 211-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилди. Суд томонидан “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланди
Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Fox News телеканалига берган интервьюсида маълум қилди. У шунингдек, Исроилнинг Қатарга ҳаво ҳужуми ва Ғарбий соҳилни аннексия қилиш режалари ҳақида ҳам тўхталиб ўтди.
Исроил ҳарбийлари Ливан жанубидаги Набатия шаҳрига ҳаво зарбасини амалга оширди. Ҳужум оқибатида саккиз нафар тинч аҳоли ҳалок бўлди, улар орасида тўрт нафар бола ва уч аёл бор.
Ушбу зарарли одат узоқ муддатли асоратлар қолдириши билан ҳам хавфли бўлиб, олиб борилган кузатувлар давомида чилим чекиш билан ўпка саратони, тиш боғламларининг бузилиши, тишларнинг барвақт тўкилиши ҳамда кам вазнли бола туғилиши ўртасида узвий боғлиқлик борлиги маълум бўлди.
«Исроил ва бошқалар ҳам эҳтиёткор бўлиши керак. Қачонки сиз қаерга зарба берсангиз, эҳтиёткорлик билан ҳаракат қилиш лозим», – деди Оқ уй раҳбари, Нью-Йоркдан Вашингтонга учаётган самолётда журналистлар саволига жавоб берар экан.
Марокашда Уммат ишларини қўллаб-қувватлаш қўмитаси ташаббуси билан Ғазо билан бирдамлик намойишлари 93 ҳафтадан бери узлуксиз давом этмоқда. Маҳаллий оммавий чиқишлар мамлакатнинг кўплаб шаҳарларида ўтди.