Parijda Turkiya o‘zining haydovchisiz zirhli mashinasini namoyish etadi

Parijda Turkiya o‘zining haydovchisiz zirhli mashinasini namoyish etadi

Turkiya bugun Parijda boshlanadigan Yevropaning eng yirik mudofaa sanoati ko‘rgazmalaridan biri – Eurosatory'da birinchi marta o‘zining haydovchisiz harakatlanadigan zirhli transport vositasi – ALPAR'ni namoyish etadi. Uning maksimal og‘irligi 15 tonna bo‘lib, gibrid elektr quvvati tufayli harbiy mashina shovqinsiz harakatlanish imkoniyatiga ega. Avtonom transport vositasi dushman yoki terrorchi pozisiyalariga qarata o‘t ochishi, dushman texnikalari yoki ob’ektlarini asosiy qurollar yoki boshqariladigan raketalar yordamida yo‘q qilishi mumkin.

Turk mudofaa sanoatida yetakchi harbiy transport vositalari ishlab chiqaruvchisi Otokar bugun Parijda boshlanadigan Yevropaning eng yirik mudofaa sanoati ko‘rgazmalaridan biri – Eurosatory'da o‘z texnikalarini taqdim etadi. Bu haqda TRT telekanali xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kompaniyaning ushbu zirhli transport vositasi – ALPAR turklar tomonidan ilk marta xorijda taqdim etilayotgan haydovchisiz harbiy mashina hisoblanadi.

Uning maksimal og‘irligi 15 tonnani tashkil etadi va gibrid elektr quvvati tufayli shovqinsiz harakatlanish imkoniyatiga ega.

Mutaxassislarning fikricha, Turkiyaning o‘zida o‘tgan yili taqdim etilgan ALPAR urush maydonida ham uyaltirib qo‘ymaydi. Otokar zirhli mashinani allaqachon bir qator muhandislik va malaka sinovlaridan o‘tkazgan.

ALPAR yo‘lda o‘z harakatini boshqarishning takomillashtirilgan tizimlari va algoritmlari bilan jihozlangan bo‘lib, u "A" nuqtadan "B" nuqtagacha patrullik qilish, oldingi avtomobilni kuzatib borish, 2D va 3D xaritalash funksiyalariga ega.

Bundan tashqari avtonom transport vositasi dushman yoki terrorchi pozisiyalariga qarata o‘t ochishi, dushman texnikalari yoki ob’ektlarini asosiy qurollar yoki boshqariladigan raketalar yordamida yo‘q qilishi mumkin.

Bundan tashqari, u razvedka va kuzatuv, patrullik, chegara nazorati, mini-uchuvchisiz transport vositalari va dronlarni tashish hamda qator muhim missiyalarni bajarish xususiyatiga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!