Parij va Vashington Rossiya aktivlaridan tushgan daromadni Ukrainaga berishni talab qilmoqda

Parij va Vashington Rossiya aktivlaridan tushgan daromadni Ukrainaga berishni talab qilmoqda

Parij va Vashington Rossiyaning G‘arb davlatlarida muzlatilgan aktivlaridan olingan daromadlarni Ukrainaga o‘tkazishga erishmoqchi.

Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va AQSh prezidenti Jozef Baydenning Yelisey saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan so‘ng qabul qilingan Franko-Amerika yo‘l xaritasida aytiladi, deb yozadi «Report».

Qayd etilishicha, ikki davlat prezidentlari xalqaro tartib, milliy huquq tizimlari va qarorlar qabul qilish jarayoniga muvofiq Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan mablag‘larni Ukrainaga o‘tkazish bo‘yicha Yevropa Ittifoqi va «Ettilik» guruhi darajasidagi qadamlarni qo‘llab-quvvatlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!