Pandemiya! Jahon iqtisodiyoti yangi muammolarga duch kelishi mumkinligi aytilmoqda

Pandemiya! Jahon iqtisodiyoti yangi muammolarga duch kelishi mumkinligi aytilmoqda

Mutaxassislar jahon iqtisodiyotida 2020 yilning oxirigacha paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi muammolar haqida ma’lum qilishdi.

Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

2025 yilga qadar koronavirus pandemiyasiga taxminan 35 trillion dollar berishsh kerak bo‘lishini ta’kidlayotgan Avstraliya milliy universiteti professori Uorrik Makkibbinning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar hukumatlari aholining aksariyatini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlaganidan keyingina iqtisodiy yo‘qotishlar pasayishni boshlaydi.

Shuningdek, professor COVID-19 ning ikkinchi to‘lqini sodir bo‘lishi mumkinligini ham istisno qilmayapti.

Qayd etilishicha, dunyoning yetakchi iqtisodchi mamlakatlari allaqachon qo‘llab-quvvatlash choralari uchun trillionlab dollar sarmoya kiritishgan va shu tufayligina AQShda ishsizlik darajasi pasayib, Xitoy iqtisodiyoti tiklana boshlagan, shuningdek, Germaniyada ishlab chiqarish darajasi oshgan.

Mamlakatlar hozirda keyinchalik turg‘unlik davriga yo‘l ochiladigan tiklanishning eng yuqori cho‘qqisini boshdan kechirishayotganligini ma’lum qilgan “Pacific Investment Management”ning jahon iqtisodiyoti bo‘yicha maslahatchisi Yoaxim Felsning ta’kidlashicha, iqtisodiyot o‘sishda davom etishi uchun hukumatlar virusga qarshi qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rishlari kerak, ammo ularning aksariyati allaqachon bundan voz kechishga tayyor.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!